Live
3
O'zbek

«Arsenal» Martinellining o‘rniga boshqa bir braziliyalik bilan shartnoma imzolashi mumkin

Futbol
25 avgust, 09:42
Fransiyaning «Marsel» klubi vingeri Igor Payshao londonliklar e’tiborini o‘ziga qaratdi.
«Arsenal» Martinellining o‘rniga boshqa bir braziliyalik bilan shartnoma imzolashi mumkin
Foto: Gettyimages

«To‘potarlar» Gabriel Martinellini «Al Hilol»ga sotishga yaqin turibdi va uning o‘rniga bir nechta nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda. LePetitOM nashrining xabar berishicha, Payshao ingliz grandi uchun transfer bozoridagi variantlardan biridir.

Ma’lumot uchun, Igor Payshaoning amaldagi shartnomasi 2030-yilgacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali «Marsel»ning 26 yoshli futbolchisining aktual transfer narxini 35 mln yevroga baholamoqda.

Futbolchi Fransiya klubi safida barcha musobaqalarda jami 43 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 12 ta gol va 8 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Marseille Marseille
Bugungi yangiliklar