Ispaniyaning «Real Sosedad» klubi «Chelsi» himoyachisi Mamadu Sarrning ijarasi borasida kelishuvga erishdi.
Senegalik futbolchi faoliyatini La Ligada davom ettirish niyatida. Jurnalist va insayder Santi Aunaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali bergan xabariga ko‘ra, klublar bir mavsumga mo‘ljallangan va keyinchalik sotib olish huquqini o‘z ichiga olmaydigan bitim yuzasidan og‘zaki kelishuvga erishgan.
Yaqin vaqt ichida barcha zarur rasmiyatchiliklar yakunlanishi kutilmoqda. Ispanlar himoyachining tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va transferni yakunlashi uchun uning yetib kelishini kutmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Sarr «Chelsi» safiga 2025-yil yozida «Strasburg» klubidan o‘tib, 2033-yil iyunigacha shartnoma imzolagan edi. U 2025/2026-yilgi mavsumning birinchi yarmida «Strasburg»da ijara asosida to‘p tepib, barcha musobaqalarni inobatga olganda 18 ta o‘yinda maydonga tushdi. 2026-yil fevralida esa «Chelsi»ga qaytib, London klubi safida oltita o‘yin o‘tkazdi.
Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali futbolchining aktual transfer narxini 22 mln yevroga baholamoqda.