Live
3
O'zbek

Enso «Manchester Siti»ga o‘tishga rozi bo‘ldi

Futbol
25 avgust, 07:42
«Shaharliklar» argentinalik futbolchi uchun transfer oynasi yopilguniga qadar rasmiy taklif yuborishni rejalashtirmoqda.
Enso «Manchester Siti»ga o‘tishga rozi bo‘ldi
Foto: Getty Images

«Manchester Siti» Enso Fernandes bo‘yicha «Chelsi»ga rasmiy taklif yuborishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, argentinalik yarimhimoyachi transferga rozilik bergan. «Manchester Siti» futbolchi uchun rasmiy taklifni transfer oynasi yopilguniga qadar yubormoqchi.

Qayd etilishicha, «Chelsi» Ensoni faqat yetarlicha katta taklif kelib tushsa va uning o‘rniga tarkibni kuchaytirish imkoniyati bo‘lsa, sotishga tayyor.

Ma’lumot uchun, avvalroq London klubi o‘z futbolchisi uchun 120 million funtdan ortiq mablag‘ talab qilishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar