Live
1
O'zbek

«Buxoro» XXI asrdagi eng yaxshi mavsumlaridan birini o‘tkazmoqda

Futbol
25 avgust, 07:55
Jamoa 19-turdan so‘ng 34 ochko jamg‘arib, klub tarixidagi uchinchi eng yaxshi natijasini qayd etdi.
«Buxoro» XXI asrdagi eng yaxshi mavsumlaridan birini o‘tkazmoqda
Foto: Buxoro FK
24.08.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Qo'qon-1912 Qo'qon-1912 1 : 1 Buxoro Buxoro

«Buxoro» jamoasi XXI asrdagi eng yaxshi mavsumlaridan birini o‘tkazmoqda. Aleksandr Xomyakov shogirdlari 19 turdan so‘ng 34 ochko jamg‘arib, klub tarixidagi uchinchi eng yaxshi startni qayd etdi.

Faqat 1995 va 1996-yilgi mavsumlarda jamoa 19-turdan keyin bundan ko‘proq ochko to‘plagan. Har ikki mavsum yakunida ham jamoa turnir jadvalining 5-pog‘onasidan joy olgan.

Eslatib o‘tamiz, 19-turda Xomyakov shogirdlari safarda «Qo‘qon-1912» bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Uchrashuvning 90+2-daqiqasida kiritilgan gol jamoaga bir ochko olib keldi.

Ma’lumot uchun, 18-turdan so‘ng «Buxoro» 33 ochko bilan 4-o‘rinda borayotgan edi. 19-turdagi durangdan keyin jamoa ochkolarini 34 taga yetkazib, 3-o‘ringa ko‘tarildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Qo'qon-1912 Qo'qon-1912
  • Buxoro Buxoro
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar