Live
8
O'zbek

Superliga. "Buxoro" Qo'qonda 90+2-daqiqada gol urib, mag'lubiyatdan qutulib qoldi

Futbol
24 avgust, 12:06
O'tgan turda Farg'onaning asosiy jamoasini yirik hisobda yenggan Xomyakov shogirdlari Qo'qonda qiyin durangga erishdi.
Superliga. "Buxoro" Qo'qonda 90+2-daqiqada gol urib, mag'lubiyatdan qutulib qoldi
Foto: FC Kokand-1912
24.08.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Qo'qon-1912 Qo'qon-1912 1 : 1 Buxoro Buxoro

O‘zbekiston chempionatining 19-turida medallar uchun kurashayotgan "Buxoro" safarda "Qo‘qon-1912"ga 90+2-daqiqada gol urib, durangga erishdi.

Etiborli jihati, vohaliklar o‘tgan turda Farg‘onaning yetakchi jamoasi "Neftchi"ni (4:1) yirik hisobda mag‘lub etgandi.

Xomyakov jamoasi ochkolarini 34 taga yetkazib, 3-o‘ringa ko‘tarildi. "Qo‘qon-1912" esa 19 ochko bilan 14-pog‘onaga joylashgan.

Superliga. 19-tur
Qo‘qon-1912 — Buxoro 1:1

24 avgust. Qo‘qon. "Markaziy" stadion
Gollar: Javohir Siddiqov (49, penalti) — Shahzod Ubaydullayev (90+2).
Qo‘qon-1912 — Rahim Davronov, Jasur Yoqubov, Alisher Salimov, Javohir Siddiqov (Javohir Husanov, 84), Silvanus Nimeli (Toma Tabatadze, 84), Ibrohim Yo‘ldoshev, Zafar Hakimov (Shahzod Akramov, 69), G‘ulomhaydar G‘ulomov, Andro Giorgadze, Egor Kondratyuk (Iqbol Malikjonov, 77), Muhammadanas Hasanov (Shohruh Gadoyev, 69)
Buxoro — Umid Hamroyev, Sardor Qulmatov, Ravshan Xayrullayev, Xurshid Muxtorov, Shahzod Ubaydullayev (Anvar Jo‘rayev, 90+4), Temur Mamasiddiqov (Asad Jo‘raboyev, 83), Quvondiq Ro‘ziyev (Nika Kacharava, 73), Sherzod Esanov, Kirill Todorov, Vladimir Rodich (Asilbek Qayumov, 73), Shahboz Jo‘rabekov.
Ogohlantirishlar: Sardor Qulmatov (48),Ibrohim Yo‘ldoshev (86), Javohir Husanov (90).
Chetlatish: Sardor Qulmatov (88)

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Qo'qon-1912 Qo'qon-1912
  • Buxoro Buxoro
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

30+ izoh +2 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar