Live
4
O'zbek

"Nyukasl" Fernandes-Pardo transferi uchun 40 million yevro taklif qildi

Futbol
24 avgust, 10:08
Fernandes-Pardoninng "Lill" bilan shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi.
"Nyukasl" Fernandes-Pardo transferi uchun 40 million yevro taklif qildi
Фото: Getty Images

"Nyukasl" klubi "Lill"ning vingeri Mattias Fernandes-Pardoni transfer qilish bo'yicha muzokaralarga kirishdi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko'ra, belgiyalik 21 yoshli futbolchi "qarg'alar"ning asosiy transfer maqsadiga aylangan. Ingliz klubi uning transferi uchun 40 million yevro sarflashga tayyor. Shuningdek, kelishuvga turli bonuslar ham qo'shilishi kutilmoqda.

Fernandes-Pardoninng "Lill" bilan shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi.

Avvalroq unga "Atletiko" klubi ham qiziqish bildirgandi.

O'tgan mavsumda futbolchi "itlar" safida barcha turnirlarda 8 ta gol urgani va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Nyukasl Nyukasl
  • Lille Lille
Bugungi yangiliklar