Live
4
O'zbek

Maradonaning qo'l bilan urgani gol to'pi auktsionda 3,35 mln dollarga sotildi

Futbol
24 avgust, 09:57
Auktsiondagi boshlang'ich narx 2,5 mln dollarni tashkil etgan.
Maradonaning qo'l bilan urgani gol to'pi auktsionda 3,35 mln dollarga sotildi
Фото: Getty Images

Argentina futbolining afsonaviy sobiq futbolchisi, marhum Diego Maradonaning 1986 yilda jahon chempionatida Angliya darvozasiga qo'l bilan gol urgan to'pi auktsionda sotildi. Bu haqda GOAL xabar berdi.

Manbaga ko'ra, ushbu bellashuvdagi to'p auktsionda 3,35 mln dollarga sotilgan.

Eslatib o'tamiz, Argentina va Angliya o'rtasidagi chorakfinal uchrashuvida (2:1) ishlatilgan to'p 22-avgust kuni Heritage Auctions savdosiga qo'yilgan. Auktsiondagi boshlang'ich narx 2,5 mln dollarni tashkil etgan. Tashkilotchilar tarixiy to'p uchun 10 million dollargacha mablag' tushishini kutgan, biroq yakuniy narx bu ko'rsatkichdan ancha past bo'ldi. Shuningdek, ushbu to'p Maradonaning Angliyaga qarshi bahsda kiygan libosi narxi bundan ko'proq bo'lgan – 2022 yilda 9,3 million dollarga.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

20+ izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar