"Kristal Pelas" hujumchi Jan-Philipp Mateta bo'yicha tushadigan takliflarni ko'rib chiqishi kutilmoqda.
Jurnalist Ben Jeikobsning xabar berishicha, "Aston Villa" fransiyalik 29 yoshli futbolchiga rasmiy taklif tayyorlamoqda.
Matetaning "burgutlar" bilan amaldagi shartnomasi 2026/27 yilgi mavsum yakunida tugaydi. Klub kelishuvdagi bir yillik uzaytirish bandini 2024 yilda faollashtirgan. Mateta va uning vakillari bu qarorga e'tiroz bildirgan, biroq Premer-liga tribunali hamda FIFA futbolchining talabini qanoatlantirmagan.
Birminhemliqlar "Al Hilol"ga yo'l olishi kutilayotgan Olli Uotkins o'rniga aynan Matetani taklif qilishni rejalashtirgan.
O'tgan mavsumda forvard APLda 32 ta o'yinda 12 ta gol urg'an. Bu mavsumda esa u 1 ta bahsda maydonga tushdi.