Live
6
O'zbek

"Manchester Siti" Fernandes bilan kelishuvga yaqin – manba

Futbol
24 avgust, 11:03
"Chelsi" Enzoning transferidan kamida 140 million yevro ishlab olishni rejalashtirgan.
"Manchester Siti" Fernandes bilan kelishuvga yaqin – manba
Фото: Getty Images

"Manchester Siti" klubi "Chelsi" yarim himoyachisi Enzo Fernandes bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. Bu haqda insayder Janluka Di Marcio xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "shaharliklar" Rodrining o'rnini to'ldirish maqsadida argentinalik futbolchiga jiddiy e'tibor qaratmoqda. Biroq futbolchining transfer qiymati yuqoriligi sabab kelishuv amalga oshgani yo'q.

"Chelsi" Fernandesning transferidan kamida 140 million yevro ishlab olishni rejalashtirgan. "Siti" esa narxni kamaytirishga istamoqda.

Qayd etilishicha, "Manchester Siti" kelishuvni ushbu hafta oxiriga qadar rasmiylashtirishni rejalashtirmoqda.

Ma'lumot uchun, Enzo 2023 yil qishidan buyon London klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. O‘tgan mavsumda u klub safida barcha turnirlar doirasida 54 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar