"Barselona" klubi "Atletiko" hujumchisi Xulian Alvares bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi. Bu haqda insayder Nikolo Skira ma'lum qilgan.
Manbaga ko'ra, argentinalik 26 yoshli futbolchi Kataloniya klubiga o'tishni istamoqda. Xulian "matraschilar" rahbariyatidan transferga ruxsat berishni talab qilmoqda. "Atletiko" esa La Ligadagi raqobatchisiga asosiy forvardini sotishni istamayapti.
Eslatib o'tamiz, Alvares 23 avgust kuni La Liga 2-turida "Vilyarreal"ga (2:2) qarshi bahsda maydonga tushdi. Uchrashuvdan so'ng futbolchi "Atletiko" muxlislari tomonidan hushtakbozlik bilan qarshi olingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi