«Liverpul» «Kristal Pelas» vingeri Ismaila Sarrni transfer qilish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda jurnalist Nevzat Dindar xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar 28 yoshli futbolchi uchun «Galatasaroy» bilan raqobatlashishi mumkin. Turkiya klubi bosh murabbiyi ham Sarrni o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda.
«Kristal Pelas» senegallik futbolchini sotishni istamayapti. Biroq Sarrning o‘zi klubni tark etishga moyil ekani aytilmoqda.
Sarr JCH-2026da Senegal terma jamoasining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. U turnirdagi 4 ta uchrashuvda 4 ta gol urgan.
Ma’lumot uchun, Sarr o‘tgan mavsum «Kristal Pelas» safida barcha musobaqalarda 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, 21 ta gol va 2 ta assist qayd etgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 45 million yevroga baholamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Sarr «Kristal Pelas» safida o‘tgan mavsum jamoaning eng yaxshi to‘purariga aylangan va Konferensiyalar ligasida «Oltin butsa» sohibi bo‘lgan.