Live
3
O'zbek

APL. «Brayton» «Aston Villa»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Futbol
23 avgust, 11:08
1-tur bahsida mezbonlar birinchi bo‘limning o‘zida to‘rtta gol urib, ishonchli g‘alabaga erishdi.
APL. «Brayton» «Aston Villa»ni yirik hisobda mag‘lub etdi
Foto: Getty Images
23.08.2026 FT Angliya Premer-ligasi Brayton Brayton 4 : 0 Aston Villa Aston Villa

Angliya Premyer-ligasining 2026/27-yilgi mavsumi 1-turida «Brayton» o‘z maydonida «Aston Villa»ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi.

Mezbonlar 8-daqiqadayoq Viktor Lindelyofning avtogoli evaziga hisobni ochdi. 18-daqiqada Maksim de Kuyper farqni oshirdi. Jek Xinshelvud 30-daqiqada uchinchi golni urgan bo‘lsa, bir daqiqa o‘tib dublini rasmiylashtirdi.

«Aston Villa» 40-daqiqadan boshlab bir kishi kam bo‘lib qoldi. Joau Gomes ikkinchi sariq kartochkasidan so‘ng maydondan chetlatildi.

APL. 1-tur
Brayton» - Aston Villa 4:0
Gollar:
Lindelyof 8, avtogol (1:0), de Kuyper 18 (2:0), Xinshelvud 30 (3:0), Xinshelvud 31 (4:0).
Chetlatish: Joau Gomes 40 («Aston Villa»).

Brayton: Verbruggen, Vifer (Yoxanna Zadok, 78), Vushkovich, Dank, Boskali, Gross, Ayari (Kostulas, 64), Diego Gomes (Yalkuye, 86), Xinshelvud (Kostinya, 64), de Kuyper (Usmon Ibrohim, 78), Ryutter.
Aston Villa: Bizot, Kesh, Lindelyof, Pau Torres (Tayron Mings, 74), Matssen (Rudjeri, 81), Boubakar Kamara, Joau Gomes, Makginn (Edvard Alisson, 82), Barkli (Bogard, 74), Jorj Xemmings, Buendia (Garnacho, 86).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Brayton Brayton
  • Aston Villa Aston Villa
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar