Leon Goretska «Aston Villa»ga o‘tishi mumkin. Birminghem klubi 31 yoshli germaniyalik futbolchini tarkibiga qo‘shish ustida ish olib bormoqda.
Insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, Goretska «Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri bilan muzokara o‘tkazgan. Ushbu suhbat futbolchining ingliz klubiga ehtimoliy transferida muhim qadam bo‘lgan.
Goretska yaqin vaqt ichida «Aston Villa»ga yakuniy javobini berishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, germaniyalik futbolchi «Bavariya» bilan shartnomasi yakunlanganidan so‘ng erkin agentga aylandi. U myunxenliklar safida sakkiz yil davomida to‘p tepgan.