«Kristal Pelas» Ismaila Sarrning kelajagi borasida noaniqlikka duch keldi. 28 yoshli senegallik hujumchi Per Saji qo‘l ostidagi jamoa bilan mashg‘ulot o‘tkazishdan bosh tortgani va «Galatasaroy»ga o‘tishni istayotgani sabab «Everton»ga qarshi bahsda maydonga tushishni xohlamayotgani aytilmoqda.
«Vaziyat ideal holatdan ancha yiroq. Turkiyadagi transfer oynasi Angliyadagidan kechroq yopiladi, shu sababli bu masala cho‘zilib ketishi mumkin. Menimcha, vaziyatga aniqlik kiritish kerak, chunki transfer oynasining bunday kech bosqichida Sarr hech qanday pul evaziga sotilmaydi. U sentyabr oxirigacha o‘ynamasligiga ham tayyor turishimiz kerak», — deya insayderining so‘zlarini keltiradi We are Palace.
«Galatasaroy» allaqachon Sarr bo‘yicha taklif yuborgan, biroq «Kristal Pelas» futbolchini qo‘yib yuborishni istamayapti.
Eslatib o‘tamiz, Sarr o‘tgan mavsumda «Kristal Pelas» safida 45 ta bahsda 21 ta gol urib, jamoaning eng yaxshi to‘purari bo‘lgan. Shuningdek, u Konferensiyalar Ligasi «Oltin butsa» sovrinini qo‘lga kiritgan.