Live
17
O'zbek

Balde «Barselona»ni tark etishga qaror qildi

Futbol
22 avgust, 10:56
Kataloniyaliklar himoyachisi faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.
Balde «Barselona»ni tark etishga qaror qildi
Foto: Getty Images

The Touchline Jijantes FC manbasiga tayanib xabar berishicha, «Barselona» himoyachisi Aleksandro Balde kataloniyaliklar safini tark etishga qaror qilgan. Futbolchining agenti Jorje Mendes 22 yoshli himoyachi uchun yangi klub izlamoqda.

Avvalroq Baldega Yevropaning bir qator klublari, jumladan, «Manchester Yunayted» qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Balde va «Barselona» o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» yaqinda yarimhimoyachi Tommi Markesni «Braga»ga transfer qilgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar