Live
26
O'zbek

Osimxenning «Arsenal»ga o‘tishiga nima to‘sqinlik qilayotgani ma’lum bo‘ldi

Futbol
22 avgust, 09:58
«Arsenal» Viktor Osimxenni Viktor Gokeresh bilan raqobatni kuchaytirish maqsadida tarkibga qo‘shishni istamoqda.
Osimxenning «Arsenal»ga o‘tishiga nima to‘sqinlik qilayotgani ma’lum bo‘ldi
Foto: Getty Images

Londonning «Arsenal» klubi «Galatasaroy» hujumchisi Viktor Osimxenga qiziqishni davom ettirmoqda. Bu haqda Footmercato xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «to'pchilar» nigeriyalik futbolchiga maoshi bo‘yicha haddan tashqari yuqori taklif berishni istamayapti. Osimxenning «Galatasaroy»dagi yillik maoshi 20 million yevrodan oshadi. «Arsenal» esa futbolchining maosh bo‘yicha talablarini pasaytirishiga umid qilmoqda.

Ma'lumot uchun, Osimxen ushbu mavsumda «Galatasaroy» safida Turkiya Superligasining 2 ta uchrashuvida maydonga tushib, 4 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Futbolchining «Galatasaroy» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 75 million yevroga baholanmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Galatasaray Galatasaray
Bugungi yangiliklar