Live
24
O'zbek

Goretska – «Aston Villa» futbolchisi (Romano)

Futbol
22 avgust, 09:52
Germaniyalik yarimhimoyachi faoliyatini Angliya chempionatida davom ettiradi.
Goretska – «Aston Villa» futbolchisi (Romano)
Foto: Getty Images

Taniqli jurnalist va insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, Leon Goretska «Aston Villa» safiga qo‘shiladi. Manbaga ko‘ra, 31 yoshli futbolchi Birminghem klubini tanlash bo‘yicha yakuniy qarorga kelgan. Hozirda tomonlar transferni yakunlash uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish ustida ishlamoqda.

Goretska «Aston Villa»ga erkin agent sifatida qo‘shiladi. Avvalroq germaniyalik yarimhimoyachi jamoa bosh murabbiyi Unai Emeri bilan muzokara o‘tkazgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Goretska «Bavariya»ni ham erkin agent maqomida tark etgan. U myunxenliklar safida 2018 yildan buyon to‘p tepib kelgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Aston Villa Aston Villa
  • Bavariya Bavariya
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar