Live
6
O'zbek

"Arsenal" Konsa bilan kelishuvga erishdi – manba

Futbol
19 avgust, 11:24
London klubi 28 yoshli futbolchining transferi uchun taxminan 60 million yevro to'laydi.
"Arsenal" Konsa bilan kelishuvga erishdi – manba
Фото: Getty Images

"Arsenal" klubi "Aston Villa" himoyachi Ezri Konsaning transferi bo'yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, London klubi 28 yoshli futbolchining transferi uchun taxminan 60 million yevro to'laydi. Bitimda bonuslar ham ko'zda tutilgan bo'lib, bu orqali birminghemliklarning umumiy daromadi yana oshishi mumkin.

Qayd etilishicha, Konsa "Aston Villa"dagi jamoadoshlari bilan xayrlashgan. Kutilishicha, u payshanba kuni "Arsenal" uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Ma'lumot uchun, Ezri Angliya milliy jamoasi safida 28 ta uchrashuvda maydonga tushgan va 2 ta gol urg'an.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Aston Villa Aston Villa
  • Arsenal Arsenal
Bugungi yangiliklar