Live
3
O'zbek

«Strasburg» Abbosbek Fayzullaevni o'z safiga qo'shib olmoqchi – manba

Futbol
19 avgust, 11:00
Fayzullaevning Istanbul klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
«Strasburg» Abbosbek Fayzullaevni o'z safiga qo'shib olmoqchi – manba
Фото: ЎФА

O'zbekiston milliy jamoasi va «Bashakshehir» yarimhimoyachisi Abbosbek Fayzullaev faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin.

Radio 1 L nashri xabar berishicha, «Strasburg» jamoasi 22 yoshli futbolchiga jiddiy qiziqmoqda. Uning transfer imkoniyatlarini o'rganmoqda. Biroq tomonlar o'rtasida rasmiy muzokaralar boshlangan yoki yo'qligi haqida aniq ma'lumotlar yo'q.

Fayzullaevning Istanbul klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Futbolchi Turkiya Superligasining yangi mavsumida 1 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Strasbourg Strasbourg
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

20+ izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar