Bugun
34
O'zbek

Martinelli «Arsenal»ga kerak emas, ammo muammo bor

Futbol
19 avgust, 04:30
London klubi braziliyalik vinger bilan xayrlashmoqchi, biroq futbolchining o‘zi «Arsenal»ni tark etishga shoshilmayapti.
Martinelli «Arsenal»ga kerak emas, ammo muammo bor
Foto: Getty Images

«Arsenal» vinger Gabriel Martinellini sotishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Athletic xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «to'pchilar» 25 yoshli braziliyalik futbolchini transferga qo‘ygan. Yaqinda klub «Galatasaroy»dan Martinelli uchun 45 million yevrolik taklif olgan. Biroq futbolchining Turkiyaga borishni istamayotgani muammoga aylangan.

Qayd etilishicha, Martinelli o‘z ambitsiyalariga mos kelmaydigan jamoaga o‘tishni istamaydi. Shu bilan birga, vingerning o‘zi ham hozircha «Arsenal»ni tark etishga katta qiziqish bildirmayapti. Shu sababli transferning kelajagi hozircha noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, Martinelli 2019 yildan buyon «Arsenal» safida to‘p tepmoqda. O‘tgan mavsumda u barcha turnirlarda 53 ta bahsda qatnashib, 11 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Ma’lumot uchun, Mikel Arteta Martinellini «Manchester Siti»ga qarshi Angliya Superkubogi bahsi (3:0) uchun qaydnomaga kiritmagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
Bugungi yangiliklar