Joriy yilning 20-avgust – 6-sentabr kunlari U20 Osiyo kubogining saralash bahslari bo‘lib oʻtadi. Mazkur yoshdagi terma jamoaning 9 nafar futbolchisi Respublika futbol akademiyasi klubi a’zolari sanaladi.
Shu sababli, Proliga reglamentining 9.8 bandiga asosan Respublika FAning 16-turdan o‘rin olgan BuxDU hamda 17-tur doirasidagi «Olimpik Mobiuz» klublariga qarshi bellashuvlari qoldirildi. Mazkur uchrashuvlarning yangi sanalari haqida qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.