Bugun
34
O'zbek

«MYU» Balebani transfer qilish uchun 70 mln yevrodan ortiq taklif yubordi

Futbol
19 avgust, 05:38
Manchester klubi «Brayton» yarimhimoyachisini transfer qilish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
«MYU» Balebani transfer qilish uchun 70 mln yevrodan ortiq taklif yubordi
Foto: Getty Images

Jurnalist va insayder Fabritsio Romano ma’lumotiga ko‘ra, «Manchester Yunayted» 22 yoshli futbolchi uchun 70 million yevrodan ortiq va yana 6 million yevro bonuslarni o‘z ichiga olgan rasmiy taklif yuborgan.

Hozircha klublar o‘rtasida kelishuvga erishilmagan. Biroq «Manchester Yunayted» yaqin vaqt ichida yangi taklif yuborishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Baleba 2025 yil avgustidan buyon «Manchester Yunayted»ga o‘tishga intilib kelmoqda.

Ma’lumot uchun, Karlos Baleba 2023 yildan buyon «Brayton» safida to‘p tepmoqda va markaziy yarimhimoyachi sifatida faoliyat yuritadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Brayton Brayton
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar