Bugun
34
O'zbek

APLning ikki klubi «Komo» vingeriga qiziqish bildirdi

Futbol
19 avgust, 05:18
Assane Diao Angliya Premyer-ligasiga yo‘l olishi mumkin.
APLning ikki klubi «Komo» vingeriga qiziqish bildirdi
Foto: Getty Images

«Komo»ning qanot hujumchisi Assane Diao APLning ikki klubiga qiziqish uyg‘otdi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «Komo» 20 yoshli senegallik futbolchini tarkibda saqlab qolmoqchi va u bo‘yicha faqat 60 million yevro atrofidagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Transfermarkt esa Diao­ning bozor qiymatini 30 million yevroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Komo» Diao­ni 2025 yil yanvarida «Betis»dan 12 million yevroga sotib olgan.

Ma’lumot uchun, senegallik vinger «Komo» safida shu vaqtgacha 35 ta bahsda maydonga tushib, 10 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Komo Komo
Bugungi yangiliklar