Bugun
34
O'zbek

«Manchester Siti» Enso va Buaddi transferlari uchun futbolchisini sotmoqchi

Futbol
19 avgust, 03:30
Niko Gonsalesning «Manchester Siti»dagi kelajagi noaniq bo‘lib qolmoqda.
«Manchester Siti» Enso va Buaddi transferlari uchun futbolchisini sotmoqchi
Foto: Getty Images

«Manchester Siti» yarimhimoyachisi Niko Gonsales transfer oynasi yopilguniga qadar jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda talkSPORT xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 24 yoshli ispaniyalik futbolchiga «Nyukasl» qiziqish bildirmoqda. Klub Sandro Tonali va Bruno Gimaraes ketganidan so‘ng yarimhimoya markazini kuchaytirmoqchi.

«Manchester Siti» esa Gonsalesni sotish orqali «Chelsi» yarimhimoyachisi Enso Fernandes va «Lill» futbolchisi Ayub Buaddi transferlarini moliyalashtirishni rejalashtirmoqda. Biroq Gonsalesning o‘zi Enso Mareska boshchiligidagi jamoada qolishni istamoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» Gonsalesni 2025 yil yozida «Portu»dan 60 million yevroga sotib olgan.

Ma’lumot uchun, ispaniyalik yarimhimoyachi «Manchester Siti» safida barcha turnirlarda 59 ta bahsda qatnashib, 4 ta gol urgan.

Bugungi yangiliklar