Bugun
34
O'zbek

Rasman: Rujeri — «Aston Villa» futbolchisi

Futbol
19 avgust, 05:30
Italiyalik qanot himoyachisi Madrid klubidan Angliya jamoasiga o‘tdi.
Rasman: Rujeri — «Aston Villa» futbolchisi
Foto: Getty Images

Matteo Rujeri «Atletiko»dan «Aston Villa»ga o‘tdi. Bu haqda ingliz klubi matbuot xizmati rasman ma’lum qildi. Transfer shartlari oshkor etilmadi.

OAV xabarlariga ko‘ra, «Aston Villa» 24 yoshli italiyalik futbolchi uchun 25 million yevro to‘lagan. Yana 1,5 million yevro bonuslar ko‘rinishida «Atletiko» hisobiga o‘tishi mumkin. Rujeri Angliya klubi bilan 2031 yilgacha shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Rujeri «Atletiko»da bir mavsum o‘tkazdi. U Madrid klubi safida 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ma’lumot uchun, himoyachining «Aston Villa» safidagi debyuti 23 avgust kuni bo‘lishi mumkin. Unai Emeri shogirdlari APLning 1-turida safarda «Brayton»ga qarshi bahs olib boradi.

Qayd etish joiz, avvalroq Birminghem klubi Suzuki transferini ham e'lon qilgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Aston Villa Aston Villa
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar