Superliga 18-turida "Buxoro" o'z maydonida "Neftchi"ni qabul qildi. Bellashuv 3:1 hisobida mezbonlarning g'alabasi bilan yakuniga yetdi.
Bellashuvda Sherzod Esanov dublni rasmiylashtirdi. Shuningdek, Temur Mamasadiqov va Vladimir Rodich buxoroliklarning qolgan ikki goliga mualliflik qilishdi. Mehmonlar safida Nurmuhammad Abdug'aniyev yagona golni urdi.
Shu tariqa, "Buxoro" ochkolari sonini 33 taga yetkazib, 3-o'ringa ko'tarildi. "Neftchi" esa 42 ochko bilan peshqadamlikni davom ettirmoqda.
Superliga. 18-tur
Buxoro – Neftchi 4:1
Gollar: Sherzod Esanov, 37 penalti (1:0), Nurmuhammad Abdug'aniyev, 45+3 (1:1), Sherzod Esanov, 46 (2:1), Temur Mamasidiqov, 73 (3:1), Vladimir Rodich, 90+2 (4:1)
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi