«Frayburg» hujumchisi Igor Matanovich «Manchester Yunayted» safiga ko‘chib o‘tishi mumkin.
«Qizil iblislar» allaqachon 23 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazgan, deb xabar bermoqda CaughtOffside nashri.
Agar Joshua Zirkze klubni tark etsa, manchesterliklar xorvatiyalik transferi bo‘yicha rasmiy taklif yuborishlari mumkin. O‘z navbatida, vaziyatni «Tottenhem» ham kuzatib bormoqda.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Igor Matanovich «Frayburg» safida barcha musobaqalarda 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali forvardning aktual transfer narxini 22 million yevroga baholamoqda.