"Galatasaroy" klubi "Leyptsig" hujumchisi Konrad Harderni ijaraga olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda Sky Germany jurnalisti Florian Plettenberg xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Turkiya klubi daniyalik 21 yoshli futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Turkiya klubi Mauro Ikardi tark etganidan keyin yangi markaziy hujumchi izlash ishlarini tezlashtirgan.
Ma'lumot uchun, Harder o'tgan yozda "Sporting"dan "buqalar"ga ko'chib o'tgan edi. Konrad Bundesligada 29 ta o'yinda 3 ta gol va 3 ta golli uzatma qayd etdi.