«Yuventus» klubi yarimhimoyachi Artur Melo bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilishi mumkin. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga koʻra, Turin klubi braziliyalik futbolchiga muddatidan oldin bekor qilish imkoniyatini taklif qilgan. Tomonlar ayni paytda ushbu masalani muhokama qilmoqda. Agar kelishuv avgust oyi oxiriga qadar rasmiylashtirilsa, Artur «Yuventus»ni erkin agent maqomida tark etishi kutilmoqda.
Maʼlumot uchun, Artur 2022 yildan beri «zebralar»da birorta ham rasmiy oʻyin oʻtkazmagan. Futbolchi soʻnggi yillarda «Liverpul», «Fiorentina», «Girona» hamda «Gremio» klublarida ijaraga asosida harakat qildi.
Arturning «Yuventus» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyuniga qadar moʻljallangan.