Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe yaqinda ta’tildan qaytib, jamoa mashg‘ulotlariga qo‘shildi. Diario AS xabariga ko‘ra, jamoadagilar hujumchi ajoyib sport formasida qaytganini ta’kidlashmoqda. Forvardning hozirgi holatini «sensatsion» deb atab – uni hattoki «yangi Mbappe» deb atashmoqda.
Ma’lumot uchun, Kilian Mbappe o‘tgan mavsum «Real» safida barcha musobaqalardagi 44 ta o‘yinda 42 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma yetkazib berdi.
Eslatib o‘tamiz, 22 avgust kuni Joze Mourinio shogirdlari La Liga yangi mavsum ilk turida «Espanyol»ga qarshi maydonga tushadi.