Live
5
O'zbek

Rodri: "Oldimda boshqa variant bor edi. Ammo men uchun - "Barselona" birinchi tanlov bo'lib kelgan"

Futbol
18 avgust, 14:18
Rodri Kataloniya klubi bilan 2030 yilning yoziga qadar bitim imzoladi.
Rodri: "Oldimda boshqa variant bor edi. Ammo men uchun - "Barselona" birinchi tanlov bo'lib kelgan"
Фото: Barcelona

"Barselona"ga yangi kelib qo'shilgan Rodri nima sababdan Kataloniya klubini tanlaganini aytdi.

"Bu yerda ekanligimdan juda xursandman. O'zga kun va faoliyatimda muhim yangi sahifa. Bu qiyin qaror edi. Menga hamma narsa bergan va doimo minnatdor bo'ladigan klub – "Manchester Siti"ni tark etdim. O'tish jarayonini yengillashtirganingiz uchun barchangizga minnatdorchilik bildiraman. "Barselona"ga kelsak, men uchun doimo jahon miqyosidagi namuna bo'lib kelgan. Menda boshqa variant ham bor edi. Ammo "Barselona" men uchun doim birinchi tanlov bo'lib kelgan. Bu — buyuk klub. Uning falsafasi tufayli "Barselona" men uchun har doim o'ziga xos namuna bo'lgan", — deya Rodrining so'zlarini keltiradi The Touchline.

Ma'lumot uchun, Rodri Kataloniya klubi bilan 2030 yilning yoziga qadar bitim imzoladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

20+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar