Live
5
O'zbek

Islom Ismoilov: «Qachondir bunaqa holat bo'lishi kerak edi»

Eksklyuziv
18 avgust, 14:00
«Neftchi» ustozi «Buxoro»ga qarshi bahsdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Islom Ismoilov: «Qachondir bunaqa holat bo'lishi kerak edi»
Фото: Нефтчи ПФК
18.08.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Buxoro Buxoro 4 : 1 Neftchi Fargona Neftchi Fargona

Bugun Superliganing 18-turiga start berildi. Markaziy o'yin Buxoroda bo'lib o'tdi.

«Buxoro» klubi peshqadam «Neftchi»ni qabul qildi. Ajoyib o'tgan bellashuvda mezbonlar amaldagi chempionni 4:1 hisobida tor-mor keltirdi. Mana shunday alamli mag'lubiyatdan keyin farg'onaliklar ustozi Islom Ismoilov matbuot anjumanida qatnashdi.

- Birinchi navbatda raqib jamoani g'alaba bilan tabriklayman. Bu biz uchun alamli mag'lubiyat. Himoyada qo'pol xatolarga yo'l qo'ydik. Qachondir bunaqa holat bo'lishi kerak edi. Afsuski, bugunga to'g'ri keldi. Lekin jamoamiz bunday yirik hisobdagi mag'lubiyatga loyiq emasdi.

- Asosiy tarkibning 5 nafar futbolchisi yo'q edi. Bu qay darajada ta'sir qildi, deb o'ylaysiz?

- Bu bahona bo'la olmaydi. Sababi, tarkibimizda ularni o'rnini to'ldira oladigan futbolchilar bor. Har qanday holatda ham biz bunday mag'lubiyatga uchramasligimiz kerak edi. Umuman, o'yinni oladigan bo'lsak, «Buxoro» jamoasi qarshi hujumlarda o'ynadi. Hattoki, birinchi bo'limda ham o'yinni to'liq nazorat qildik. Birgina xato, raqib penaltilardan gol urdi. Keyin hisobni tenglashtirdik. Ikkinchi bo'limda ham yaxshi boshlashga harakat qilgandik. Ammo oddiy vaziyatda xato, keyin burchak to'pi va shundan raqib gol urib ketdi. Keyin uchinchi va to'rtinchi gollar...Bularni hammasi oddiy xatolar, kulguli xatolar. To'pni raqibga berib qo'yapmiz va raqib gol uryapti. Hammasi individual xatolar deb bilaman. Umuman olganda, yomon o'ynamadik, deb o'ylayman.

- Bugungi yirik mag'lubiyatni keyingi o'yinlarga ta'siri bormi? Ruhiy jihatdan tayyorlasa bo'ladimi?

- Tarkibimizdagi futbolchilar professional. Bunday holatdan tezroq chiqib ketishga harakat qilamiz. Albatta, bugungi uchrashuvni tahlil qilib chiqamiz. Xatolar ustida ishlaymiz. Kamchiliklarimizni to'g'rilab, keyingi bellashuvda muxlislarimiz ko'z o'ngida g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

- «Buxoro»ni birinchi va ikkinchi davradagi o'yinlarini taqqoslaydigan bo'lsangiz, qay tariqa xavfli o'yin ko'rsata olishdi?

- Birinchi davrada ham «Buxoro» jamoasi deyarli shu uslubda o'ynagandi. O'shanda ham penaltidan hisobni ochgandi. Ikkinchi davrada ham yana penaltidan hisobni ochishdi. Ko'proq qarshi hujumlarga e'tibor qaratishdi va uzun paslar bilan o'ynashga harakat qilishdi. Deyarli o'yin uslubi o'sha. O'sha murabbiy ishlayapti va hech nima o'zgargani yo'q», - deya bosh murabbiyning so'zlarini keltiradi, Tribuna.uz muxbiri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Buxoro Buxoro
  • Neftchi Fargona Neftchi Fargona
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar