Zominda «So'g'diyona» klubi Navoiyning «Qizilqum» jamoasini qabul qildi. Og'ir o'tgan bellashuvda jizzaxliklar 2:1 hisobida g'alaba qozonib, o'ta muhim uch ochkoni qo'lga kiritdi. Shunday qilib, mezbonlarning g'alabali seriyasi davom etyapti. O'yindan so'ng «So'g'diyona» ustoz Ulug'bek Baqyoev quyidagi fikr bildirdi:
- Bugun biz o'yinga qadar bu og'ir uchrashuv bo'lishini bilardik. Raqibimiz «Qizilqum» bo'lgani uchun emas, balki jamoaning jismoniy holati nuqtai nazaridan shunday edi. Har to'rtinchi-beshinchi kunda o'yinlar bo'lyapti, tiklanish esa juda qiyin.
Shu sababdan og'ir o'yin bo'lishini bilardik. Uchrashuv boshidaoq «Qizilqum» himoyamizdagi qo'pol xatodan keyin darhol gol urishi mumkin edi.
Umuman olganda, birinchi bo'limda teng o'yin bo'ldi, bir qator vaziyatlar yuzaga keldi. Ammo Lyupcho Dorievning vaziyatlardan foydalanishi yuqori bo'ldi.
Ikkinchi bo'limda «Qizilqum» o'yinni kuchaytirdi, gol urdi, yana gol urishi ham mumkin edi. Ular ustunlik qildi va bir qator almashtirishlarni amalga oshirdi. Bizning almashtirishlarimiz esa o'yinimizni kuchaytirdi. Gol urdik va g'alaba qozondik. Yigitlarga o'zini ayamagani, umuman olganda, ko'rsatgan o'yini uchun katta rahmat aytaman. Lekin bugun, agar mening fikrimni so'rasangiz, hatto durang natija ham biz uchun yaxshi natija bo'lgan bo'lar edi. Ammo biz g'alaba qozondik. Shuning uchun yigitlarga katta rahmat aytaman.
Endi chempionatdagi keyingi o'yinlarga tayyorgarlikda davom etamiz. «Qizilqum» jamoasiga ham bugungi yaxshi o'yini uchun rahmat aytaman va keyingi uchrashuvlarida omad tilayman», - deya Baqoyevning so'zlarini keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.
Ulug'bek Baqoyev: «Agar durang bo'lganida ham bu biz uchun yaxshi natija hisoblanardi»
Eksklyuziv
18 avgust, 15:05
«So'g'diyona» bosh murabbiyi jamoasining g'alabasi haqida fikr bildirdi.
Фото: Сўғдиёна ПФК
18.08.2026
FT
O‘zbekiston Superligasi
So'g'diyona
2
:
1
Qizilqum