Live
1
O'zbek

Doniyor Usmonov: «Futbolchilarga e'tirozimiz yo'q»

Eksklyuziv
13 avgust, 15:59
«Surxon» bosh murabbiyi «So'g'diyona»ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Doniyor Usmonov: «Futbolchilarga e'tirozimiz yo'q»
Фото: Сурхон ПФК
13.08.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Surxon Surxon 1 : 3 So'g'diyona So'g'diyona

Superliganing 17-turidan o'rin olgan «Surxon» va «So'g'diyona» uchrashuvida 1:3 natijasi qayd etildi va termizliklar mag'lubiyatga uchrashdi.

O'yindan keyin «Surxon» yordamchi murabbiyi Doniyor Usmonov mag'lubiyat sababi haqida fikr bildirdi.

— Uchrashuv haqida fikrlarim... Birinchi bo'limni faol boshladik. O'yinning boshini yaxshi boshladik. Hammayoq bizning nazoratimiz ostida bo'layotgan edi. Ikkinchi taymga chiqqanda, o'zimizda bo'lgan imkoniyatlardan foydalana olmadik va raqibimiz — «So'g'diyona» jamoasi o'zi yaratgan imkoniyatlardan foydalandi. Biz esa hamma narsani o'tkazib yubordik.

O'yin to'g'risida qisqacha aytganda, mening fikrim shu. Lekin yigitlar qo'ldan kelgancha borini berib o'ynashdi. Hammalariga uncha e'tirozim ham yo'q. Nafaqat men, balki murabbiylar shtabi — hammamizning hech kimga e'tirozimiz yo'q. Lekin o'sha qaysidir vaziyatda bizga bugungi o'yinda sovuqqonlik biroz yetishmadi, deb o'ylayman», - deya Usmonovning so'zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Surxon Surxon
  • So'g'diyona So'g'diyona
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar