Live
3
O'zbek

Ulug'bek Baqoyev: «Hisob 2:1 bo'lgach, ko'proq himoyalanishga o'tdik»

Eksklyuziv
13 avgust, 15:47
«So'g'diyona» bosh murabbiyi «Surxon»ga qarshi bahsdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Ulug'bek Baqoyev: «Hisob 2:1 bo'lgach, ko'proq himoyalanishga o'tdik»
Фото: Сўғдиёна ПФК
13.08.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Surxon Surxon 1 : 3 So'g'diyona So'g'diyona

Superliganing 17-turida «Surxon» va «So'g'diyona» bellashuvi ham bo'lib o'tdi.

Oxirgi paytlarda g'alabalar qozonib kelayotgan jizzaxliklar bu turda ham g'alabali seriyasini davom ettirdi. Mehmondagi bo'lib o'tgan uchrashuvda 1:3 hisobida jizzaliklar g'alaba qozondi va muxlislarni xursand qildi. O'yindan keyin g'olib jamoa ustozisi Ulug'bek Baqoyev quyidagi fikrlarni bildirdi.

«Avvalo, birinchi taym haqida gapiradigan bo'lsak. O'yinni boshladik. Birinchi taymda «Surxon» jamoasi ustunlik qildi, ular doim bizdan tezroq harakat qildi. To'p nazorati ham yuqori bo'ldi. Ular gol urdi, biz esa gol o'tkazib yubordik. Bu nimadan kelib chiqdi?

Eng ehtimolli sabab — «Andijon»ga qarshi o'yindan keyin to'liq tiklana olmaganimiz bo'lishi mumkin. Shuning uchun ikkinchi taymda bir qator almashtirishlarni amalga oshirdik, o'yinda qayta tuzilish qildik. Shundan so'ng vaziyatlar yarata boshladik va chiroyli gollar urdik.

2:1 hisobida oldinga chiqib olganimizdan keyin tabiiyki, g'alabani saqlab qolish uchun ko'proq himoyalanishga o'tdik. O'yin oxirida esa tezkor qarshi hujumga chiqib, uchinchi golni ham urdik.

Yigitlarga bugungi o'yindagi harakati, o'zini ayamay maydonda kurashgani va g'alaba uchun minnatdorchilik bildiraman. Endi keyingi o'yinlarga tayyorgarlik ko'ramiz», - deya Boqoyevning so'zlarini keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Surxon Surxon
  • So'g'diyona So'g'diyona
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar