Bugun
29
O'zbek

Jamshid Saidov: "Men sizga bitta narsani aytaman: engil o‘yinlar qolmadi"

Eksklyuziv
14 avgust, 15:39
"Qizilqum" bosh murabbiyi "Mashal"ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Jamshid Saidov: "Men sizga bitta narsani aytaman: engil o‘yinlar qolmadi"
Фото: Қизилқум ПФК
14.08.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Qizilqum Qizilqum 2 : 0 Mashal Mashal

Superliganing 17-turida "Qizilqum" autsayder "Mashal"ni qabul qildi va 2:0 hisobida g‘olib chiqdi. Navoiyliklar ustoz Jamshid Saidov matbuot anjumanida fikrlarini aytib o‘tdi.

- Bugungi o‘yin haqida nima deyishim mumkin? O‘yin biz uchun juda og‘ir kechdi. "Mashal" qanday o‘ynashini bilardik. Biz tayyor bo‘lganimizda juda tez hujumga o‘tamiz. Bugun ham buni amalga oshira oldik. Ayniqsa, himoyada juda tartibli o‘ynagan paytlarimizda bu yaxshi samara berdi. Xullas, birinchi g‘alabamizdan xursandman.

Eng muhimi, yigitlar bugun yaxshi harakat qilishdi. Shuningdek, muxlislarimizni ham alohida ta’kidlamoqchiman. Ular o‘yinning boshidanok jamoani qo‘llab-quvvatlashdi. Muxlislarning daldasi bizga katta kuch berdi

- Kenjaboyevga nima bo‘ldi? Nega u maydonga 10–15 daqiqaga chiqyapti? Jarohati bormi yoki boshqa sababmi?

- Kenjaboyev "Navbahor"ga qarshi o‘yinda jarohat olgan edi. Keyin tiklandi. Uning tiklanish jarayoni ancha qiyin kechdi. Bir jarohat oldi, keyin yana ikkinchi jarohatga duch keldi. Asta-sekin tiklandi. Hozir "Navbahor"ga qarshi o‘yindan keyingi birinchi uchrashuvini o‘tkazdi. Albatta, hali funksional jihatdan to‘liq tayyor emas. Endi asta-sekin o‘yinlar orqali, har doimgidek, o‘z formasini tiklab boradi.

- Mavsum boshida sizdan intervyu olganimizda jamoa shunday faol futbol o‘ynashi haqida aytgan edingiz. Lekin men hali barqarorlikni ko‘rmayapman. Ayniqsa, Farg‘onaning "Neftchi"si kabi chempionat yetakchisiga qarshi o‘yinda. Ba’zi paytlarda o‘yin yaxshi chiqdi, ammo bu holat to‘lqinsimon kechayapti. Bir hujum o‘ng tomondan, keyin yana o‘ng tomondan...

- Men sizga aytdim-ku, bu juda... Siz ham ko‘rib turibsiz, bizga berilgan futbolchilar tarkibida ancha o‘zgarishlar bo‘ldi. Kimdir ketdi, kimdir debyut qilyapti. Ularning jamoaga moslashishi uchun vaqt kerak. Kimdir ikki oydan ortiq vaqt o‘ynamagan, kimdadir o‘yin amaliyoti juda kam bo‘lgan. Shuning uchun ular faqat o‘yinlar orqali o‘zlarini tiklab, kerakli holatga kirib borishadi. O‘zingiz ham ko‘rib turibsiz, hozir o‘ynash juda qiyin. Bir necha kundan keyinyoq "So‘g‘diyona" bilan o‘yin bo‘ldi. Ya’ni, ketma-ket besh-olti kun ichida o‘yin o‘tkazishga to‘g‘ri kelyapti. Shuning uchun ular faqat o‘yinlar orqali formasiga kiradi. Chunki hozir ularga tiklanish va safarlarga ko‘proq vaqt ketyapti. Oldinda esa juda og‘ir taqvim turibdi. Men sizga bitta narsani aytaman: engil o‘yinlar qolmadi.

- Bu ham xalaqit beryapti, shundaymi?

- Ha, bu ham xalaqit beryapti. Qarang, ikkinchi davrada atigi to‘rt ochko jamg‘ardik. Bilasizmi, har bir jamoa har bir ochko uchun kurashyapti. Aynan ikkinchi davra eng qiyin bo‘ladi. Nega? Birinchi davrada jamoalar bir-birini o‘rganib oladi. Ikkinchi davrada esa ko‘plab jamoalar tarkibini kuchaytirdi. O‘zingiz ham ko‘rib turibsiz: qanday transferlar amalga oshirildi, ochkolarni qo‘lga kiritish uchun qanday harakatlar qilinmoqda. Hozir juda kuchli kurash ketyapti. O‘zingiz ham buni ko‘rib turibsiz. Har bir ochko juda muhim, har bir jamoa uchun. Engil o‘yinlar yo‘q. Menimcha, engil o‘yinlar qolmagan. Barcha jamoalar oxirigacha kurashyapti. Natijada, hamma tengma-teng kurashyapti. O‘yin har doim ham chiroyli chiqmasligi mumkin, lekin bunday vaziyatda xarakter hal qiluvchi ahamiyatga ega", - deya Saidovning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Qizilqum Qizilqum
  • Mashal Mashal
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar