Live
1
O'zbek

«Komo» «Chelsi» hujumchisini sotib olishi mumkin

Futbol
14 avgust, 15:53
Liam Delap faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
«Komo» «Chelsi» hujumchisini sotib olishi mumkin
Foto: Getty Images

Londonning «Chelsi» klubi hujumchisi Liam Delap faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Angliyalik forvard xizmatlariga «Komo» futbol klubi qiziqish bildirmoqda, deb xabar berdi mashhur insayder Fabritsio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.

Italiya klubi ehtimoliy transfer bo‘yicha ilk qadamlarni tashlab ulgurgan. Ta’kidlanishicha, yaqinda himoyachi Trevo Chalobaning amalga oshgan transferidan keyin «Komo» va «Chelsi» o‘rtasidagi aloqalar ancha mustahkamlangan. Bu o‘z o‘rnida navbatdagi muzokaralarda ham hal qiluvchi rol o‘ynashi mumkinligi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Delap 2025-yil «Chelsi» safiga kelib qo‘shilgan. Uning amaldagi shartnomasi 2031-yilgacha mo‘ljallangan. Taxminiy transfer narxi esa 28 million yevroga baholanmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Komo Komo
  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar