Live
18
O'zbek

«Manchester Siti» Enso Fernandes uchun 120 million yevro taklif qilgani aytilmoqda

Futbol
13 avgust, 11:30
Romano esa buni inkor etdi.
«Manchester Siti» Enso Fernandes uchun 120 million yevro taklif qilgani aytilmoqda
Foto: Getty Images

«Manchester Siti»ning «Chelsi» yarimhimoyachisi Enso Fernandes transferi bo‘yicha taklifi borasida qarama-qarshi ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Avvalroq «Chelsi» «Manchester Siti» uchun Fernandes bo‘yicha yakuniy muddat belgilagandi. Unga ko‘ra, Manchester klubi juma kuni kechgacha 120 million funtlik taklif yuborishi kerak, aks holda argentinalik futbolchi London klubida qoladi.

Argentinalik jurnalist Sezar Luis Merlo eksklyuziv ma’lumotida «Manchester Siti» Fernandes uchun 120 million yevro, ya’ni 102,5 million funt taklif qilganini bildirdi. «Chelsi»ning javobi hozircha noma’lum.

Biroq insayder Fabritsio Romanoning ma’lumotiga ko‘ra, Britaniya vaqti bilan soat 16:00 holatiga «Chelsi» Fernandes bo‘yicha «Manchester Siti»dan hech qanday rasmiy taklif olmagan. Bu yakuniy muddat tugashiga 25 soat qolgan payt edi.

Eslatib o‘tamiz, «Chelsi» Fernandes uchun 120 million funtlik taklifni juma kuni kechgacha kutmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar