«Tottenhem» yarimhimoyachisi Xavi Simons Niderlandiya milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan Xavi Ernandesni olqishladi. U ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ispaniyalik mutaxassisning «Barselona»da futbolchi sifatida to‘p tepgan davridagi birgalikdagi suratini e’lon qildi.
«Menga ilhom bergan ism. Niderlandiyaga xush kelibsiz, murabbiy Xavi Ernandes», — deb yozdi Simons.

Xavi Ernandes Niderlandlar milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangani 12 avgust kuni rasman e’lon qilingandi. Uning shartnomasi 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun, Xavi Simons Niderlandiya milliy jamoasi safida 34 ta bahsda maydonga tushib, 6 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.