Live
18
O'zbek

Luis Enrike Ferran uchun rejaga ega

Futbol
13 avgust, 11:47
Ispaniyalik hujumchi yaqin vaqt ichida «PSJ» futbolchisiga aylanishi kutilmoqda.
Luis Enrike Ferran uchun rejaga ega
Foto: Getty Images

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike «Barselona» hujumchisi Ferran Torres uchun reja tuzib bo‘lgan. Ispaniyaning Sport nashri xabariga ko‘ra, parijliklar va kataloniyaliklar futbolchining transferi bo‘yicha kelishuvga juda yaqin.

Manbaga ko‘ra, Enrike jahon chempionatidan keyingi ta’tilini o‘tkazayotgan Torresni darhol maydonga tushirmoqchi emas. Hujumchi Fransiya Superkubogini o‘tkazib yuboradi va ilk bor 23 avgust kuni Liga 1 doirasida «Renn»ga qarshi bahsda maydonga tushishi rejalashtirilmoqda.

Luis Enrike Torresning universalligini yuqori baholaydi. Ispaniyalik futbolchi hujum chizig‘ining markazida ham, qanotlarda ham o‘ynay oladi.

Eslatib o‘tamiz, Torres «Barselona»ga 2022 yilda «Manchester Siti»dan ko‘chib o‘tgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar