Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, «Nyukasl» Portugaliyaning «Benfika» klubida to‘p tepayotgan qanot himoyachisi Amar Dedichni transfer qilishga yaqin.
Manbaga ko‘ra, «Nyukasl» 23 yoshli bosniyalik futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini allaqachon kelishib olgan. Klublar o‘rtasidagi muzokaralar ham yakuniy bosqichda. Transfer summasi 30 million yevroga baholanmoqda.
Dedich o‘tgan yozdan buyon Portugaliya klubida to‘p tepmoqda. U o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 45 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ma’lumot uchun, Amar Dedich Bosniya va Gersegovina milliy jamoasi futbolchisi hisoblanadi.