"Manchester Siti" hujumchisi Omar Marmush klubini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda CaughtOffside xabar berdi.
Misrlik futbolchiga yangi da'vogar paydo bo'ldi. Marmushni "Nyukasl" o'z safiga qo'shib olishni istamoqda. Hujumchi "qarğalar"ning asosiy transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi.
Ma'lumot o'rnida, Omar 2025 yilda "Ayntraxt"dan "Manchester Siti" safiga ko'chib o'tgandi. O'tgan mavsum futbolchi barcha turnirlar doirasida 36 ta o'yinda maydonga tushib, 8 bor raqiblar darvozasini ishğol qildi va 3 ta assist muallifiga aylandi.
Avvalroq Marmush "Manchester Siti"dagi holatidan noroziligi ma'lum qilingan edi.