Bugun
8
O'zbek

Rodri kelasi haftadayoq "Barsa" safiga qo'shilishi mumkin

Futbol
10 avgust, 00:40
"Man Siti" bilan muzokaralar yakuniy bosqichda.
Rodri kelasi haftadayoq "Barsa" safiga qo'shilishi mumkin
Foto: Getty Images

"Barselona" Rodri transferini amalga oshirishga yaqinlashmoqda. Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.

Kataloniyaliklar yarimhimoyachi bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha barcha masalalarni kelishib olgan. "Manchester Siti" bilan muzokaralar esa yakuniy bosqichda.

Tomonlar transfer narxini ham deyarli kelishib bo'lgan. Endi so'nggi tafsilotlarni hal qilish qoldi.

Qayd etilishicha, Ispaniya milliy jamoasi yarimhimoyachisi kelasi haftadayoq "Barselona" safiga qo'shilishi mumkin. Avvalroq Rodri "ko'k-anorranglilar" safiga ko'chib o'tsa, qancha maosh olishi ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar