UFC jangchisi Shavkat Rahmonovning otasi Baqtibay Raxmanuly Alpamisov 66 yoshida vafot etdi.
Jangchi jamoasiga yaqin manba Rahmonovning otasi 2 avgust kuni vafot etganini tasdiqladi. Ozgerisinfo axborot portali ijtimoiy tarmoqlarida marhum xotirasiga bag‘ishlangan Qur'on tilovati va xotira oshi haqida ma'lumot joylashtirildi.
«Hurmatli qarindoshlar, yaqinlar va do'stlar. Otamiz Alpamisov Baqtibay Raxmanuli xotirasiga Qur'on tilovati bilan payshanba kuni xotira oshi beriladi. Qur'on tilovatida ishtirok etib, duo qilishingizni so‘raymiz», — deyiladi xabarda.
Avvalroq Lionel Messining otasi vafot etgani ma'lum qilingan edi.