Braziliyalik hujumchi Neymar o‘zining hozirgi klubi "Santos" bilan xayrlashishga yaqin. Bu haqda Marca xabar berdi.
"Santos" rahbariyati futbolchining klubga munosabatidan norozi. Xususan, u mashg‘ulotlarni tez-tez o‘tkazib yuboradi, ba'zida esa mashg‘ulotga kelgan taqdirda ham uni muddatidan oldin tark etadi.
Uning Braziliya jamoasi bilan shartnomasi shu yil oxirida yakuniga yetadi va katta ehtimol bilan uzaytirilmaydi. Avvalroq Neymar yana Messi bilan bir jamoada to‘p tepishi mumkinligi ma'lum qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, braziliyalik futbolchi Lionel bilan "Barselona" va "PSJ" sharafini himoya qilgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi