Live
4
O'zbek

Ibanez "Al Ahli" bilan shartnomasini uzaytirdi

Futbol
9 avgust, 16:25
Yangi bitim 2030 yil iyun oyiga qadar amal qiladi.
Ibanez "Al Ahli" bilan shartnomasini uzaytirdi
Фото: Getty Images

Braziliyalik himoyachi Rojer Ibanez Saudiya Arabistonining "Al Ahli" klubida qoladi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 27 yoshli futbolchi jamoa bilan yangi shartnoma shartlarini kelishib oldi. Yangi bitim 2030 yil iyun oyiga qadar amal qiladi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, futbolchining o‘zi Jidda shahri jamoasida qolishga qaror qilgan. Himoyachiga boshqa klublardan qiziqish bo‘lganiga qaramay, u faoliyatini Saudiya jamoasida davom ettirish variantini tanlagan.

Shu tariqa, u yangi mavsumda ham jamoaning asosiy futbolchilaridan biri sifatida o‘ynashda davom etadi.

Ma'lumot uchun, Rojeer faoliyati davomida "Fluminense", "Atalanta" va "Roma" jamoalari sharafini himoya qilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al-Ahli Jidda Al-Ahli Jidda
Bugungi yangiliklar