Bugun
41
O'zbek

Slotning yordamchisi «Al Ahli» bosh murabbiyiga aylandi

Futbol
6 avgust, 10:50
Elit OChLning so'nggi ikki mavsumdagi chempioniga yangi murabbiy tayinlandi.
Slotning yordamchisi «Al Ahli» bosh murabbiyiga aylandi
Foto: Getty Images

Marino Pushich «Al Ahli» klubining bosh murabbiyi etib tayinlandi.

54 yoshli mutaxassis so'nggi ikki mavsumda Elit OChLda zafar quchgan Saudiya Arabistoni jamoasi bilan 2028 yil iyuniga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

Pushich riyodliklar boshqaruvida «Nyukasl»ga yo'l olgan Mattias Yaysslening o'rnini egalladi.

Niderlandiyalik murabbiy bundan avval BAAning «Al Jazira» klubida faoliyat yuritgan. U jamoani 2025 yil sentyabridan 2026 yil iyuniga qadar boshqardi.

Shuningdek, Pushich Donetskning «Shaxtyor» klubi bosh murabbiyi bo'lgan, shuningdek, Arne Slotning murabbiylar shtabida AZ va «Feyenoord» klublarida ham ishlagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al-Ahli Jidda Al-Ahli Jidda
  • Saudiya Arabistoni Pro-ligasi Saudiya Arabistoni Pro-ligasi
Bugungi yangiliklar