Fransiya milliy jamoasi sobiq bosh murabbiyi Didye Desham faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Fabrice Hokins xabar berdi.
57 yoshli mutaxassisni "Al Ahli" bosh murabbiyligiga tayinlash imkoni ko'rib chiqilmoqda. Jidda klubi "Nyukasl"ga ketgan Mattias Yaysslega o'rinbosar izlamoqda va Deshamni taklif qilish ustida ishlamoqda. Biroq taniqli fransuz mutaxassisining bu taklifga rozi bo'lish ehtimoli past.
Ma'lumot o'rnida, Didye 2012 yildan shu yilga qadar Fransiya milliy jamoasini boshqardi. Yakunlangan jahon chempionatida "uch ranglilar" yarimfinalgacha yetib bordi va unda Ispaniyaga mag'lub bo'ldi. 3-o'rin uchun bahsda esa Angliyaga yutqazdi.
"Al Ahli" esa Saudiya chempionatining o'tgan mavsumini 3-o'rinda yakunlagandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi