Nabil Fekir "Al Jazira"dan Saudiya Arabistonining "Abha" klubiga o'tdi.
Fransiya milliy jamoasi safida 2018 yili jahon chempioni bo'lgan yarimhimoyachi faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi.
"Lion" va "Betis" klublarining sobiq futbolchisi so'nggi ikki mavsumda "Al Jazira" safida to'p tepti. 33 yoshli fransiyalik yangi klubi bilan erkin agent sifatida shartnoma imzoladi.
Fekir BAA chempionatidagi har ikki mavsumda ham "gol+pas" tizimi bo'yicha 12 ochko to'pladi.
Ma'lumot uchun, "Abha" o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra Saudiya ikkinchi divizionida 1-o'rinni egallab, yuqori ligaga yo'llanma olgan.
Jahon chempioni Fekir Saudiya klubi bilan shartnoma imzoladi
Futbol
6 avgust, 06:15
33 yoshli futbolchi so'nggi ikki mavsumni BAAda o'tkazgandi.
Foto: Abha
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi