Saudiya Arabistonining «Al Hilol» klubi «Manchester Siti» yarimhimoyachisi Jek Grilishni o'z safiga qo'shib olish uchun kurashga qo'shildi. Bu haqida jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, saudiyaliklar angliyalik 30 yoshli futbolchiga yillik 20–23 million yevro miqdorida maosh taklif qilishga tayyor.
Shuningdek, unga Madridning «Atletiko» klubi ham da'vogarlik qilmoqda. Biroq ispan klubi «shaharliklar» transfer narxini pasaytirmasa yoki ijaraga berish variantiga rozi bo'lmasa, muzokaralarni davom ettirmoqchi emas.
Bundan tashqari, Grilishga AQShning MLS chempionati klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o'tamiz, Jek o'tgan mavsumni ijara asosida «Everton» safida o'tkazib, 22 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.